27 Феврал 2021 йил 389

Спортнинг “Волейбол” тури бўйича “Ички ишлар бошқармаси биринчилиги” мусобақаси ташкил этилди

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kunidagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6099-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʼlom ovqatlanish turmush tarzini targʼib qilish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Dasturi va viloyat ichki ishlar boshqarmasining 2020 yil
7 noyabr kunidagi “2021 yil uchun musobaqalar taqvimi rejasi” ijrosini taʼminlash, shuningdek boshqarma shaxsiy tarkibining jismoniy tayyorgarligini oshirish va xodimlar oʼrtasida sportni rivojlantirish munosabati bilan sportning “Voleybol” turi boʼyicha “Ichki ishlar boshqarmasi birinchiligi” musobaqasi oʼtkazilib, ushbu musobaqada viloyat Ichki ishlar boshqarmasi soxa-xizmatlari, mustaqil boshqarmalari, Qarshi shahar va Chiroqchi tumani IIO FMB, Shahrisabz shahar va tuman ichki ishlar boʼlimlarining shaxodatlangan xodimlaridan tashkil topgan jami 29 ta jamoalar ishtirok etdi. Musobaqaning yakuniy natijasiga koʼra Qashqadaryo viloyati IIB Probatsiya va jazoni ijro etish boʼlimi jamoasi sportning “Voleybol” turi boʼyicha “Ichki ishlar boshqarmasi birinchiligi” musobaqasida faxrli birinchi oʼrinni egalladi.

Text to speech